Soha yangiliklari

Сhellenj g‘oliblari taqdirlandi

“Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” shiori ostida o‘tkazilgan chellenj bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi

slider

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 18-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi yurtimizni yanada obod qilish, bu jarayonga ko‘proq yoshlarni jalb etib, ona Vatanimiz tabiatini ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbusiga munosib hissa qo‘shish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki!” shiori ostida chellenj e’lon qilgan edi.

Chellenjda mamlakatimizning barcha viloyatidan va Toshkent shahridan 100 dan ortiq videolar maxsus botga yuborildi va ijtimoiy tarmoqlarda #yurtimizniobodqilaylik heshtegi ostida video joylashtirildi. Qolaversa, 500 nafardan ortiq faollar atrof-muhitni chiqindilardan tozalashga o‘z hissasini qo‘shishdi.

Vazirlik tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh chellenjda ishtirok etgan videolarni har tomonlama oʻrganib chiqdi hamda g'oliblar tanlab olindi.

Shu munosabat bilan, 4-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida tadbir tashkil etildi. Unda chellenjda faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan faollar taqdirlandi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, vazirlik xodimlari va 10 nafar g‘olib ishtirokchilar va ularning jamoa a’zolari qatnashdi. 

Vazir Sh. Shermatov ishtirokchilarga yurtimiz ozodaligiga bee’tibor bo‘lmasdan o‘z hissasini qo‘shgani uchun minnatdorchilik bildirdi va 10 nafar g‘olibga bosh sovrin noutbuk va esdalik sovg‘alarini topshirdi. 

G'oliblar:

1. Bulbulcha xor va raqs ansambili

2. TATU jamoasi

3. Abdug‘aniyev Umidjon

4. OUTMASTER jamoasi

5. Gallibayeva Xusniya

6. Yangi O‘zbekiston Universiteti talabalari

7. IRIGATORS jamoasi

8. Xushvaqtova Mo‘tabar

9. Milliy Universitet talabalari

10. Abdug‘afforov Ibrohimjon

Faylni tanlang