"EMMM" DUK yangiliklari

Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga (BRK) tayyorgarlik.

Joriy yilning 29-noyabridan 1-dekabrigacha Jeneva shahrida (Shveytsariya) Butun jahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyati tarkibida "EMMM" DUK xodimlari ham ishtirok etdilar.

Butunjahon radioaloqa konferensiyalari (BRK) har uch-to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. BRK ning vazifasi radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani, shuningdek, geostatsionar va geostatsionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldosh orbitalarini tahlil qilish va zarurat tug‘ilganda, radioaloqa reglamentlarini qayta ko‘rib chiqishdan iborat. Qayta ko‘rib chiqishlar XEI Kengashi tomonidan ilgari o‘tkazilgan radioaloqa bo‘yicha butun jahon konferensiyalari tavsiyalarini hisobga olgan holda belgilangan kun tartibiga asoslanib amalga oshiriladi.

Butun jahon radioaloqa konferensiyalarining muvaqqat kun tartibi to‘rt-olti yil oldin, yakuniy kun tartibi esa a’zo davlatlarning ko‘pchiligining roziligi bilan XEI Kengashi tomonidan konferensiyadan ikki yil oldin belgilanadi.

XEI nizomiga muvofiq, BRK quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

• Radioaloqa reglamentlarini hamda ular bilan bog‘liq har qanday chastotalarni ajratish va biriktirish rejalarini qayta ko‘rib chiqish;

• butun jahon xususiyatiga ega har qanday radioaloqa masalalarini ko‘rib chiqish;

• Radioreglament qo‘mitasi va radioaloqa byurosiga ko‘rsatmalar beradi va ularning faoliyatini tahlil qiladi;

• bo‘lajak Radioaloqa konferensiyalariga tayyorgarlik ko‘rishda radioaloqa Assambleyasi va uning izlanish olib boruvchi komissiyasini o‘rganishi kerak bo‘lgan savollarni belgilaydi.

Butun jahon va mintaqaviy radioaloqa konferensiyalarida ko‘rib chiqiladigan tartibga soluvchi, texnik, ekspluatatsion va protsessual masalalar bo‘yicha ma’muriyatlar, izlanish olib boruvchi komissiyalardan va boshqa manbalardan (Qarang: Konvensiyaning 19-moddasi (Jeneva, 1992) asoslanib olingan ma’lumotlar bo‘yicha, Konferensiyaga tayyorgarlik yig‘ilishi (KTY) va bunday konferensiyalar ishini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladigan xulosa hisobotini tayyorlaydi.

 

 

 

Faylni tanlang