Soha yangiliklari

Mobilraqam.uzex.uz portalidagi auksion orqali +998 77 operator kodli orzudagi raqamingizni qo‘lga kiriting

Endilikda raqamlarini yangi +998 77 operator kodi bilan ulash istagidagilar uni onlayn auksion orqali xarid qilishlari mumkin. Sifatli, uzluksiz va nufuzli mobil aloqa ko‘plab chegaralarni osongina o‘chirib tashlab, abonentlarga sharoitdan qat’i nazar, doimo xabardor bo‘lish imkonini beradi. Shu bilan birga, "chiroyli" raqam egasi bo‘lgan abonent o‘ziga xos jozibadorlik va nufuzni his qiladi. Yaqinda UZTELECOM milliy operatori mobil aloqa abonentlari uchun yangi +99 8 77 kodini ishga tushirganini e’lon qildi. Endilikda yangi kodli raqamni olish mobilraqam.uzex.uz onlayn-auksioni tufayli yanada osonlashadi, chunki onlayn-auksion sizga raqamlarni minimal kuch sarflagan holda – uyda yoki ofisda o‘tirib, qisqa ro‘yxatdan o‘tib va onlayn to‘lov tizimi orqali to‘lovni amalga oshirib sotib olish imkonini beradi.
Faylni tanlang