Soha yangiliklari

Qoraqalpog‘iston aholisini sifatli telekommunikatsiya, mobil va pochta xizmatlari bilan ta'minlash bo‘yicha vazifalar qo‘yildi

Joriy yilning 7-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan xizmat safari doirasida hududda soha taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, vazir ishtirokida “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston filialida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tizimdagi tashkilot, korxona va mobil aloqa operatorlari hududiy filial va bo‘linmalarining rahbarlari qatnashdi. Yig‘ilish doirasida bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan ishlar va shu yo‘nalishdagi istiqbolli rejalar muhokama etildi. Xususan, tizimdagi tashkilot, korxona va mobil aloqa operatorlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini takomillashitish, respublikaning olis hududlarini ham yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olish, aloqa xodimlariga sharoit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Soha rahbari tomonidan respublika aholisini sifatli telekommunikatsiya, mobil va pochta xizmatlari bilan ta'minlash bo‘yicha ma'sullarga vazifalar qo‘yildi.
Faylni tanlang