"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK ning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

19-avgustda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “EMMM” DUK ning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O’quv seminarida O’zbekiston Republikasi Oliy Majlis senati sobiq deputati, siyosiy sharhlovchi Ma’ruf Usmonov Nig‘monovich ma’ruza qildi. Seminarda xodimlar uchun korrupsiyaning asl mohiyati va uning illatlari haqida tushunchalar berildi. Insoniyat borki, u doim yaxshi yashashga, boshqalardan ajralib turishga hamda o‘z moddiy ehtiyojlarni to‘la qondirishga intiladi. Ammo bunda ikki yo‘l doimo bashariyat oldida turgan va turaveradi. Ulardan biri bu maqsadlarga mehnat va o‘z harakatlari orqali yetishish bo‘lsa, ikkinchisi oson, tez va asosiysi atrofdagilarga katta zarar beruvchi illatlar orqali marrani zabt etishdir. Ushbu yillar orasida korrupsiyani ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Korrupsiya paydo bo‘lgandan beri, insoniyat u bilan kurashadi va kurash hamon davom etmoqda. So‘ngi yillar mamlakatamiz rahbari Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan qabul qilingan bir qator qonun va farmonlar, korrupsiyaga qarshi kurashishda asos va dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi 8 ta, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 11 ta, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida 5 ta korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yirik hujjatlar imzolangan va qabul qilingan. Bu sonlarning o‘zi, korrupsiyaning naqadar katta muammo ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda. Aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, “ O’zbekistonda korrupsiya bormi? degan savolga 32,6% aholi yo‘q, 56,8% esa bor deb javob bergan. Shu birgina so‘rov, rivojlanib kelayotgan yurtimiz oldida bir qator masalalar qatorida korrupsiya ham borligini ko‘rsatib turibdi” shuning negizida hozirgi kunda korxonamizda korrupsiyaga qarshi kurash choralari ko‘ndalang tashlangan bo‘lib, mana shunday chora tadbirlarni keng tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.

 

EMMM” DUK Jamoatchilik va

ommaviy axborot vostilari

bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang