Soha yangiliklari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “26-yanvar – Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” hamda milliy bojxona xizmati tashkil etilganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tabrigi

Ta’kidlash kerakki, bojxona organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlashda asosiy tayanch va himoyachilardan biri hisoblanadi. Bugun soha tomonidan erishilayotgan ijobiy natijalar va sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat har bir bojxonachi, balki yurtimizning har bir fuqarosida g‘urur, faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otmoqda, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Hurmatli bojxonachilar! Sizlarga sharafli, shu bilan birga, mashaqqatli va mas’uliyatli kasbingizni fidokorona davom ettirishlaringizni tilab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga qut-baraka, kelgusidagi ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.   O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi  
Faylni tanlang