"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK rahbaryatining 8-Mart bayram tabrigi

Assalomu aleykum! Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ayollar!!!

Go‘zallik va nafosat bayrami 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan aziz opa-singillarimizni, yasharish va yangilanish bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz, barchalaringizga mustahkam sog‘lik-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-quvvat va g‘ayrat tilab qolamiz.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ham ayollarga juda katta e’tibor berilib, xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ayollarni jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash davlat miqyosidagi muhim masala bo‘lib kelmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi” degan ezgu qarashni ilgari suradilar.
Shunday ekan, oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan aziz ayollarimiz sizlarga oilaviy hotirjamlik va eng muhimi baxt tilab qolamiz.

Faylni tanlang