"EMMM" DUK yangiliklari

Keksalar - doimo hurmat va e’tiborda !

Inson qadri har narsadan ulug‘. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, olamshumul o‘zgarishlar zamirida ana shu ezgu maqsad mujassam. Keksalarni e’zozlash, qadrlash, ularga hurmat e’tibor ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan biridir. Yurtimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ezgu amallarni ko‘zlab, joriy yilning 13-aprel kuni xizmatimizda uzoq yillar ishlagan, hozirda nafaqada farzand va nabiralar e’zozidagi mehnat faxriysi Usmonjon aka Kozubayev xonadoniga xizmatimiz xodimlari bilan tashrif buyurdik.

Usmonjon aka Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida 1998-2020-yillar davomida muhandis lavozimidan tortib xizmat boshlig‘i lavozimigacha faoliyat yuritganlar.

Mazkur tashriflardan ko‘zlangan asosiy maqsad, ustozimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularga har tomonlama ko‘mak berish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ular bilan dildan suhbatlashish edi. Zero, keksalarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlish – oʻzbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir.


 

O‘zining ko‘p yillik hayotini sohaga bag‘ishlagan, bilim va tajribasi bilan ko‘plab yoshlarni tarbiyalagan, kamtarin va mehnatkash faxriy bilan o‘tkazilgan suhbat yoshlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tadi.

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi F.Jurinov

Faylni tanlang