"EMMM" DUK yangiliklari

TSME 6 skanerini o‘rganish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

2024-yil 29-yanvar kuni Xorazm viloyati EMM xizmati xodimlari ishtirokida muhandis Ikromjon Ollaberganov boshchiligida TSME 6 skanerini ishlashini o‘rganish maqsadida amaliy mashg‘ulot  bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida TSME 6 skaneri imkoniyatlari va undan foydalanish to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar bilan muhandis tomonidan xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan bir qatorda, ushbu uskunaning to‘liq imkoniyatlari va biz bu uskuna orqali qilishimiz kerak bo‘ladigan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Amaliy mashg‘ulot mobaynida muhandis xodimlarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi H.Matyusupov

Faylni tanlang