"EMMM" DUK yangiliklari

Radioxalaqit manbasini topish va bartaraf etish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni tahlili va radioxalaqitlarni oldini olish bo‘yicha Radionazorat va texnik rivojlanish xizmatining takliflari:

Joriy yil davomida “EMMM” DUKga radioxalaqitlarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish yuzasidan korxonalar tomonidan 43 ta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlar tahlil qilinganda asosiy radioxalaqitlar mobil aloqa operatorlari tarmog‘iga salbiy ta’sir etganini ko‘rish mumkin. O‘rganishlar olib borish natijasida radioxalaqit manbalarining aksariyat qismi mobil repiterlar (kuchaytirgichlar)dan chiqayotgan elektromagnit to‘lqinlarning signallari ta’siri ekanligi aniqlandi.

 

Bunga, radioxalaqit berayotgan mobil repiterlar (kuchaytirgichlar) texnik jihatdan sifat darajasi pastligi, chastota filtri mavjud emasligi va mobil aloqa tayanch stansiyasining qabul qilish chastotasiga salbiy ta’sir etishi “qo‘shimcha avtomatik kuchaytirish qurilmasi”ga ega emasligi asosiy sababdir.

 

“Avtomatik kuchaytirish qurilmasi” (Avtomaticheskoe Regulirovanie Usileniya rus. ARU, I ng. AGC) - mobil repiterni ishchi rejimidan chiqib ketmasligi, ishchi rejimdan tashqarida paydo bo‘ladigan intermodulyatsiya signallarini ajralib efirga chiqib ketmaslikdan saqlab qoladi va signal darajasini bir me’yorda ushab turadi.

O‘rnatish jarayonida repitor antennasini qo‘yilgan joyi yaqin doirada turgan barcha mobil aloqa tayanch stansiyalariga salbiy ta’sir etishini hisobga olinishi shart, antenna balandligi, yo‘nalishi (diagrammasi), qutublanish (polyarizatsiya).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mobil repitor (kuchaytirgich) harid qilishni rejalashtirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagilarni tavsiya etamiz:

-sifat sertifikatlari mavjud bo‘lgan mobil repitorlarni harid qilish;

-mobil repitorlarda qo‘shimcha avtomatik kuchaytirish uskunasi mavjudligiga ishonch xosil qilish, aks holda harid qilmaslik;

-harid qilingan sifatli mobil repitorlarni o‘rnatishda malakali radioaloqa mutaxassislarga murojaat etish lozim.

 

RN vaTRX yetakchi muhandisi A.Ismailov

 

Faylni tanlang