Soha yangiliklari

Innovatsion g’oyalar X Respublika yarmarkasida AKT muassasalari faol qatnashmoqdalar

11-13 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida Innovatsion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar X Respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Yarmarkaning asosiy maqsadi – ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro aloqalarni ta`minlashdan iborat bo'lib, korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta`lim muassasalari o'rtasida o'zaro manfaatli, har tomonlama munosabatlarni o'rnatish imkoniyatlarini yuzaga keltirishdir.
 
Ko'rgazmaning "Axborot texnologiyalari" bo'limiga tashrif buyuruvchilar axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxonalari tomonidan ilgari surilayotgan ilg'or loyiha va g'oyalar bilan tanishish imkoniga ega bo'ladilar.
 
Jumladan, «UNICON.UZ», UZINFOCOMAxborot xavfsizligini ta’minlashmarkazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetiToshkent shahridagi Inha universiteti, «Bepro» dasturchilar markazi, «O’zbektelekom» AK, «O’zbekiston pochtasi» AJ va boshqa qator muassasalar o'zlarining innovatsion g‘oya, ishlanmalari bilan sihtirok etishmoqda.
 
500 dan oshiq ilg'or g'oya hama ishlanmalar namoyish etilayotgan ko'rgazmada axborot-kommunikatsiya yo'nalishlarida jami 110 dan ziyod ishlanmalar namoyish etilmoqda. Aytish joizki, ko'rgazma maydonidan 100 nafar yosh olimlarning turli yo'nalishlarga bag'ishlangan tadqiqot va izlanishlariga oid stendlar o'rin olgan.

Yarmarka doirasida III Toshkent xalqaro innovatsion forumi bo'lib o'tadi. Forumning bosh maqsadi -- jahon va milliy ilg'or tizimlarning rivojlanish holati, tahlili va mavjud muammolarni muhokama qilishdan iborat.
 
Innovatsion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasi yangi g'oyalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi, ilmiy izlanishlarning amalda tatbiq etilishi, xizmat va mahsulotlar sifatining oshishi, iqtisodiyot tarmoqlari rivoji hamda mamlakatning eksport salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.
Muallif: Axborot xizmati

 

Faylni tanlang