“Cyberkent 4.0” musobaqasi yakunlariga ko‘ra, Cyber University talabalari kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Musobaqa Red Team, Blue Team, CTF Master, The AI Underworld hamda Attack Surface AI yo‘nalishlarida tashkil etildi.
CTF Master yo‘nalishining respublika bosqichida 118 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Cyber Universityning RED TEAM CSU jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur yo‘nalishning Toshkent viloyati bosqichida esa Cyber University talabalari 1-, 2-, 3- va 4-o‘rinlarni egalladi.
Shuningdek, Attack Surface AI yo‘nalishidagi individual bahslarda universitet talabasi Isfandiyor Jo‘rayev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Blue Team yo‘nalishining final bosqichida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Cyber University vakillari qatnashgan Admin jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, EvilCorp — 6-o‘rin, FORT SOC — 8-o‘rinni qayd etdi.
Shu tariqa, Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” doirasida CTF Master, Attack Surface AI va Blue Team yo‘nalishlarida sovrinli natijalarga erishdi.