Axborot texnologiyalari sohasida xotin-qizlarning ishtiroki va yetakchiligi yil sayin ortib, ular milliy raqamli taraqqiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. Bugun AT sohasidagi xotin-qizlar innovatsion g‘oyalar muallifi, strategik loyihalar tashabbuskori va raqamli transformatsiya jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida yuksak natijalarni namoyon etmoqda.

Xotin-qizlarning AT yo‘nalishidagi samarali faoliyatini munosib e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish hamda erishgan yutuqlarini keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Yulduz Tech Awards” mukofotlash marosimi ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda.
Mazkur nufuzli tadbir ikki yildan buyon axborot texnologiyalari sohasida innovatsion g‘oyalari, professional yetakchiligi va yuqori natijalari bilan raqamli kelajakni barpo etayotgan xotin-qizlarni e’tirof etib kelmoqda.
Tadbir doirasida sohaning ilg‘or vakillari taqdirlanadi hamda yangi iste’dod va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadi.
Barchangizni ushbu muhim va ahamiyatli tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.
Sana: 2026-yil 5-mart
Vaqt: 15:30
Manzil: Toshkent shahri, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy, Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi
Dress-kod: Smart casual (milliy uslub elementlari bilan)
Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/4KNffT1xtDVouqjk7