Soha yangiliklari

TATU Urganch filiali o‘qituvchisi innovatsion loyihalar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Iroda Xajiyeva Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar grantlari” innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu tanlovda TATU Urganch filiali dotsenti “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining  milliy-ma`naviy merosini tadqiq qilish va (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi bilan qatnashdi. Loyihaning maqsadi - “Haft shuaro” majmuasi tahlili asosida XX asr boshidagi Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlarini va shoirlar asarlarining  adabiy muhitdagi o‘rnini  tadqiq etishdan iborat bo‘lib,  o‘zbek, rus, ingliz tillarida elektron platformani yaratishdir. G‘olib deb topilgan loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 654 million soʻm mablagʻ ajratildi.  
Faylni tanlang