Soha yangiliklari

ERASMUS+ dasturi bo‘yicha loyihada TATU o‘qituvchilari ishtirok etdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchilari ERASMUS+ dasturi doirasida DECIDE loyihasida ishtirok etishdi va maxsus sertifikatga ega bo‘lishdi. DECIDE loyihasi alohida ehtiyoji bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqini qo‘llab-quvvatlash, alohida ehtiyojli kishilarga nisbatan kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan. Loyiha tashabbuskori va koordinatori Ruminiyaning Brasov shahridagi Transilvaniya universitetidir. Ushbu loyiha O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikistondagi 14 ta universitetda, shuningdek, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Gretsiyadagi to‘rtta Yevropa universitetida amalga oshirilmoqda.  
Faylni tanlang