Soha yangiliklari

Namanganlik yoshlar IT-forumida ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling

2022-yil 17-mart kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun IT-forum bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir IT Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida hamda Yoshlar ishlari agentligi va Mingbuloq tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forum davomida quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi: – Ideaton, startap-gʻoyalar tanlovi; – CS:GO va PUBG Mobile boʻyicha kibersport turniri; – Kompyuter savodxonligi boʻyicha musobaqa. Tanlov g‘oliblari televizor, kompyuter aksessuarlari, IT-kurslardan oʻtish uchun sertifikatlar ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. IT-forum 17-mart kuni soat 09:00 da boshlanadi. Manzil: Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, Ozodlik ko‘chasi, 86. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/av9J5QiMBMyc1APH7
Faylni tanlang