Soha yangiliklari

Mobil operatorlarning radiochastotalardan foydalanish unumdorligini oshirish choralari ko\'rilmoqda

O'zbekistonda 900 / 1800 MGs radiochastota diapazonlarida mobil aloqa tarmoqlarining xizmatlari «Unitel» MChJ (Beeline), «COSCOM» MChJ (Ucell), «O'zbektelekom» AKning «Uzmobile» Milliy operatori (Uzmobile) hamda «Universal Mobile Systems» MChJ (UMS) mobil aloqa operatorlari tomonidan ko'rsatilmoqda. 900 / 1800 MGs radiochastotalari yuqoridagi operatorlarga to‘liq bo‘lib berilgan va ayni paytda bo‘sh polosa mavjud emas.

Shuningdek, operatorlar teng bo'lmagan miqdordagi radiochastota hajmiga ega bo'lgan edilar. Radiochastota polosalari mobil aloqa operatorlari o'rtasida uzuq-yuluq o'lchamda, diapazonning turli qismlarida ajratilgan edi.

Radiochastota polosalarining bu taxlit taqsimlanishi LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasining 4-avlod (4G) mobil aloqa standartini joriy qilishga to'sqinlik qiladi. Mazkur standart mobil aloqa tarmoqlarida har qanday ko'rinishdagi (ovozli, fayl va video) ma'lumotlarni yuqori tezlikda almashish uchun jahon miqyosida joriy qilinmoqda. LTE standarti esa yuqori tezlikda ma'lumot almashishda kengligi 10 dan 20 MGs.gacha bo'lgan yaxlit chastota polosalarini talab etadi.

Ayrim mobil aloqa operatorlarida chastota hajmining kam miqdorda bo'lishi mobil aloqa xizmatlarining talab darajasida sifatli ko'rsatilmasligiga olib keladi.

Shu munosabat bilan, Radiochastotalar bo'yicha Respublika kengashi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan radiochastota resurslaridan unumli foydalanilishini ta'minlash maqsadida, "900 / 1800 MGs diapazonlarida radiochastota polosalarini qayta taqsimlash to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror operatorlarga radiochastota spektrlaridan foydalanish bo'yicha teng raqobat sharoitini yaratib berish, LTE texnologiyasini tezkor rivojlantirish uchun ularning radiochastotalardan qulay va samarali foydalanishlarini ta'minlash, mamlakatda mobil aloqa xizmati sifatini oshirishga zamin yaratadi.

 

Kengashning mazkur qaroridagi vazifalarni ta'minlashda mobil aloqa abonentlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida, mobil operatorlarga aloqa tarmoqlarini qayta muvofiqlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishlari uchun 6 oy vaqt beriladi.

 

900 / 1800 MGs radiochastota kanal va polosalarining 900/1800 MGs diapazonlaridagi amaldagi va rejalashtirilgan taqsimoti to‘g‘risida ma’lumot

Chastota diapazoni/ standart

“Coscom” MChJ QK

“Unitel” MChJ

СП ООО "UniversalMobile Systems"

«O'zbektelekom» AKning «Uzmobile» Milliy operatori

amaldagi

rejadagi

amaldagi

rejadagi

amaldagi

rejadagi

amaldagi

rejadagi

900

GSM

29

 

31

 

68

 

31

 

13

 

31

 

14

 

31

 

1800

GSM, LTE

60

 

93

 

176

 

93

 

65

 

93

 

67

 

93

 

Jami

89

(17,8 MGs)

124

(24,8 MGs)

244

(48,8 MGs)

124

(24,8 MGs)

78

(15,6 MGs)

124

(24,8 MGs)

81

(16,2 MGs)

124

(24,8 MGs)

Muallif: Axborot xizmati
Faylni tanlang