Soha yangiliklari

“PRO UNITY” MCHJ faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro shahridagi IT Park rezidenti “PRO UNITY” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.  “PRO UNITY” MCHJ 2022-yil oxirida IT Park rezidenti maqomini qoʻlga kiritgan. Ushbu IT markazda veb dasturlash, mobil dasturlash, grafik dizayn, robototexnika, arxitektura, AUTOCAD, 3D MAX, veb dizayn, 2 va 3D modellarni yaratish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan.  Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov suhbat jarayonida markazning keyinga rejalari va amalga oshirishi kerak bo‘lgan loyihalari bilan tanishdi.  Bugungi kunda markaz tomonidan 155 nafar yoshlar oʻqitilmoqda. 2022-yilning sentabr oyidan bugungi kunga qadar 30 nafar yoshlar oʻquv kurslarini bitirib barchasi ish bilan ta’minlangan. Hozirda mazkur bitiruvchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatdagi klaster va ishlab chiqarish kompaniyalarida faoliyat olib borishmoqda.   PRO UNITY dasturchilari hozirda arxitektura va qurilish sohasida qurilish nazoratini sun’iy intellekt asosida amalga oshiruvchi BSS platformasini yaratish ustida ishlashmoqda. PRO UNITY asoschilari ta’lim yo‘nalishidan tashqari "Hire Executives" LLC chet el kompaniyasi bilan dasturiy maxsulotlar va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilishmoqda. Ushbu kompaniya Birlashgan Arab Amirliklarida 12 yillik biznes faoliyatiga ega bo‘lib, AQSH, Kanada va Fors ko'rfazi davlatlariga IT xizmatlarini autsorsing faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.
Faylni tanlang