Soha yangiliklari

«BestSoft Challenge 2017» tanlovda ro‘yxatdan o‘tish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi

Ko‘p sonli so'rovlarga ko‘ra, «BestSoft Challenge 2017» tanlovi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi va quyidagi muddatlar belgilandi:

2-bosqich: 3-15 noyabr – dastlabki saralash bosqichi (final ishtirokchilarini aniqlash);

3-bosqich: 20-30 noyabr – yakuniy saralash bosqichi (g‘oliblarni aniqlash).

Ishtirokchilar va ularning loyihalarini ro‘yxatga olish Software.uz (bestsoft.software.uz) sayti orqali amalga oshiriladi.

Ishlanma va loyihalarni baholashda ularning dolzarbligi, g‘oyaning originalligi, texnologik ishlanmaning afzalliklari, interfeys va foydalanish qulayligi, dasturiy ta’minotdan erkin foydalanish, uning ochiq kodli tizimda yaratilganligiga e’tibor qaratiladi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang