"EMMM" DUK yangiliklari

“Yashil makon” umummilliy harakati davom etmoqda

Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga diqqat e’tiborni kuchaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari keng targ‘ib qilinmoqda.

 

Tadbir doirasida barcha davlat tashkilotlari qatori O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan "O‘zbektelekom" AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialining 6-son bog‘lamasiga qarashli hududda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari tashkillashtirildi.

Mazkur tadbirda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning hududiy bo‘linma va tashkilotlari xodimlari, shu qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ham faol ishtirok etishdi va xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.Dlekeyev

Faylni tanlang