"EMMM" DUK yangiliklari

2023 YILGI BUTUNJAHON RADIOALOQA KONFERENSIYASIGA TAYYORGARLIK YIG‘ILISHINING IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TMOQDA

2023-yilning 27-mart kuni Jeneva shahrida (Shveytsariya) Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) 2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiya(BRK)siga tayyorgarlik yig‘ilishi(KTY23-2)ning ikkinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Yig‘ilishda XEIga a’zo davlatlardan 2000 ga yaqin radiochastota spektrini tartibga solish sohasidagi mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

 Mazkur tadbir doirasida BRK-23 ga taluqli boʻlgan Radioaloqa reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish loyihalari; BRK-23 kun tartibidagi IMT-2020 identifikastisyasi uchun yangi radiochastota polosalari; harakatdagi radioaloqa xizmati uchun 3600-3800 MHz radiochastota polosasini birlamchi taqsimlashning reglamentar usullari; 2.7 GHzdan past radiochastota polosasida HIPS-IMT tayanch stansiyalarini qo‘llash; 6 GHz radiochastota diapozonini Wi-Fi 6E va IMT tizimlari uchun ajratishni kelishish; uchuvchisiz aviatsiya tizimilari uchun ajratilgan radiochastota polosalarida boshqaruv va telemetriya tartib va shartlarini qayta ko‘rib chiqish; yo‘ldosh aloqa tizimlarini XEIda ro‘yhatdan o‘tkazish tartiblarini ko‘rib chiqish kabi dolzarb masalalaridagi 30 dan ortiq bandlar boʻyicha BRK hisoboti loyihasi, XEI Tadqiqot komissiyalari faoliyati natijalari va 2027-yilda oʻtkaziladigan BRK kun tartibi bo‘yicha takliflar kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

KTY23-2 tuzilmasi tasdiqlanib, 6 ta asosiy Ishchi guruhlarga bo‘lindi – turg‘un, mobil, radioeshittirish, aviatsiya, dengiz va ilmiy masalalarga doir guruhlar.
BRK-23 kun tartibi bandlari bo‘yicha Ishchi guruhlar aloqa ma’muriyatlari tomonidan taqdim etilgan 240 ga yaqin hissalarni ko‘rib chiqib Plenar yig‘ilishlariga takliflar kiritadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyati nomidan KTY23-2 da Raqamli texnologiyalar vazirligi mutaxassislari, “EMMM” DUK va UNICON.UZ DUK mutaxassislari ishtirok etmoqda. BRK-23 kun tartibining Oʻzbekiston Respublikasiga oid ustuvor masalalari boʻyicha KTY23-2 da quyidagi takliflar kiritildi:

- 1.3 band 3600-3800 MHz radiochastota polosasini birlamchi asosda 1 Hudud mamlakatlarining harakatdagi radioxizmatiga taqsimlashni tartibga solish (EMMTX boshlig‘i X.Xamidov o’z ma’ruzasi bilan);

- 1.5 band 1-hududda raqamli televideniyeni uzatish uchun 470-694 MHz chastota diapazonidagi spektr talabi bo‘yicha.

KTY23-2 ishida ishtirok etayotgan respublika mutaxassislari mamlakatimizda yangi radioaloqa texnologiyalarini joriy etish imkoniyati uchun milliy radiochastota resursini himoya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Faylni tanlang