Soha yangiliklari

Namangan viloyatida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyat boshlaganiga bir yil bo‘ldi

Namangan viloyatidagi IT markazlarning tashkil etilganligining bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyatdagi IT kompaniyalar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘tgan davr mobaynida 5 ming nafardan ziyod yoshlar Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida tahsil oldi. 2021-yil davomida 8 ta IT-kompaniya IT Park rezidentrligiga qabul qilindi. Tadbirda onlayn tarzda ishtirok etgan IT Park rahbariyati yosh dasturchilarni tarbiyalashda Namangan viloyatining respublikada yetakchilardan biri bo‘lganligini ta’kidladi. Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha shahar va tumanlardagi IT-markazlari mas’ullari taqdirlandi.  
Faylni tanlang