Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Amity universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 va 26-may kunlari Toshkent shahridagi Amiti universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi. Kirish imtihonlari Amity universiteti toʻgʻrisidagi taqdimot bilan boshlanib, undan soʻng asosiy yozma test va suhbat asosida, hindistonlik professorlar tomonidan nazoratga olingan holda amalga oshirildi. Abituriyentlarning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida onlayn tarzda imtihon jarayonlari kuzatishlari uchun imkoniyat yaratildi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha www.amity.uz sayti orqali davom etmoqda. – International Foundation Studies Bakalavriat bosqichi:  – Axborot texnologiyalari – Iqtisodiyot –  Turizm –  Biznes boshqaruvi –  Kompyuter bilimlari va muhandisligi Magistratura bosqichi: – Axborot texnologiyalari  Bundan tashqari, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha 2-kirish imtihonlari 2022-yilning 12 va 14-iyul kunlari va 3-kirish imtihonlari 2022-yilning 16 va 18-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Faylni tanlang