Soha yangiliklari

"One Million Uzbek Coders" loyihasi doirasida seminar o'tkazildi

IT PARK Toshkent viloyati filiali va Olmaliq shahar "Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi" hodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida "One Million Uzbek Coders" loyihasi doirasida seminar o'tkazildi. Seminarda universitet talabalariga loyiha haqida va loyiha o'z ichiga olgan yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berilib, “One Million Uzbek Coders” platformasidan ro'yxatdan o'tish va onlayn ta'lim olish bo'yicha master-class o'tkazildi. Shuningdek, IT Park ko‘magida yaqin kunlarda IT PARK va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialida "Inkubatsiya va akseleratsiya markazi" ochilishi haqidagi xabar yetkazildi.  
Faylni tanlang