Soha yangiliklari

Mobil qurilmalarni IMEI kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari yuzasidan brifing o‘tkazildi

Bugun 24 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan brifing tashkil etildi. Unda Mobil qurilmalarni IMEI kodlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi direktori Bobur Tillabayev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining boshqarma boshlig‘i Rustam Qobilov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov dapartamenti katta tergovchisi Javohir Qodirov mavzu yuzasidan to‘liq ma’lumot berdi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang