O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan haftaning har juma kuni muntazam ravishda o‘tkazilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari uchun ham mazmunli va samarali bo‘lmoqda. Navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati”ning 2026-yil 9-yanvar kunidagi 1-soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha soha mutaxassislari sharhiga qaratildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va xalqqa navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etdi. Unda 2025-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2026-yil uchun asosiy vazifalar belgilab berildi.
Murojaatnomada aytib o‘tilgan ustuvor yo‘nalishlar:
- Yil nomi: 2026-yil Oʻzbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilindi.
-Strategik maqsad: Prezident 2026-yilni barcha sohalarni rivojlantirishda “tub burilish yili” boʻlishini taʼkidladi.
- Ustuvor yoʻnalishlar: Murojaatnomada 6 ta eng muhim ustuvor yoʻnalish belgilandi, jumladan, birinchi ustuvor vazifa sifatida mahalla infratuzilmasini yaxshilash koʻrsatildi.
- Iqtisodiy rejalar: “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi doirasida yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsadi qayd etildi.
Murojaatnomada, shuningdek, raqamlashtirish, sunʼiy intellektni joriy etish, ekologiya va korrupsiyaga qarshi kurash kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev