"EMMM" DUK yangiliklari

Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

Bugun, 18-may 15:00 da “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv soatida, Iqtisodiy tahlil va marketing bo‘limi yetakchi muhandisi M.I.Abidxodjayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-sonli Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solmaydi.

Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang