"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIBda hamkorlikdagi ishlar yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son Qarorining 5-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikdagi ishlari rejasiga asosan 2023-yil 16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIBda profilaktika inspektorlari va shaxsiy tarkibi bilan o‘quv seminar tashkil etildi.

 

O‘quv seminarga Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik F.Urumbayev raislik qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeyev va N.Narimovlar o‘quv seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari, ularning bajarilishi va nazorati bo‘yicha ma’ruza qilishdi.

Xususan, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda hamkorlikdagi ishlar tartibi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi. Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil ma’lumotlar olishdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.Dlekeyev

Faylni tanlang