"EMMM" DUK yangiliklari

“Urganch-Buxoro” temir yo‘l yo‘nalishida uyali aloqa va internet qamrovi bo‘yicha o‘rganish olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 27/1-son yig‘ilish bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati EMMX tomonidan mobil aloqa va mobil internet qamrovini o‘rganish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.


 

Jumladan, joriy yilning 2-3-mart kunlari Xorazm viloyati EMMX hamda Ozkomnazorat Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Urganch-Buxoro” temir yo‘l yo‘nalishida mobil aloqa operatorlarining qamrovini o‘rganish bo‘yicha ikki kunlik o‘lchov ishlari olib borildi.

 


 

Olib borilgan o‘lchov natijalari “EMMM” DUK Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati xodimlariga jo‘natildi va “Urganch-Buxoro” temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha mobil qamrov xaritasining joriy holatdagi o‘zgarishlari kiritilgan maʼlumotlar bilan yangilandi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi I.Ollaberganov

Faylni tanlang