"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan noqonuniy foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Xorazm viloyati IIB YHXB bilan o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2022-yil mobaynida hamkorlikda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan 2022-yil 14-iyul kuni Xorazm viloyatiga kirib kelishda joylashgan Urganch tumani “Cholish-Amudaryo” blok postida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida asosiy tadbirlar avtotransportlarning ichki yonuv dvigatellari vujudga keltirayotgan industrial radiohalaqitlarning davlat standartlariga mosligi, noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REVlarni aniqlashga qaratildi.

Qo‘shma reyd davomida 3 dona noqonuniy foydalanishda bo‘lgan radiostansiyalar aniqlandi va REV egalariga ushbu radiostansiyalardan foydalanishni to‘xtatish haqida ogohlantirish xatlari berildi hamda radiostansiyalar ish faoliyati to‘xtatildi.

Shuningdek, “Cholish-Amudaryo” blok postida xizmat olib borayotgan IIB YHXB xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarori bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori

H.R.Matyusupov

Faylni tanlang