"EMMM" DUK yangiliklari

Maktab o‘quvchilariga amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida, 2022-yil 16-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning boshlig‘i o‘rinbosari A.Xashimxodjayev boshchiligida korxonaning bir qator yuqori malakali muhandislari tomonidan Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Jumagul MFYdagi 40-umumta‘lim maktabida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Maktabning yuqori sinf o‘quvchilarida ROHDE&SCHWARZ kompaniyasining o‘lchov uskunalarining texnik imkoniyatlari va radiomonitoring ishlari qanday amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taqdimoti katta qiziqish uyg‘otdi.

Jonli mashg‘ulot davomida texnik uskunalarda ishlash jarayoni va o‘lchovlarni amalga oshirish usullari namoyish qilindi. Mazkur jarayonda faol ishtirok etgan o‘quvchilar korxonaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

Faylni tanlang