"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari orasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, davlat tashkilotlarida xizmat qilayotgan xodimlar sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida ham sportga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda xizmatimizning xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol, shaxmat, stol tennisi va suzish kabi turlari bo‘yicha musobaqalar doimiy tarzda tashkillashtirilib kelinmoqda.

Yil boshida tuzilgan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” chora-tadbirlari rejasiga asosan, joriy yilning uchinchi choragida xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha navbatdagi musobaqa tashkillashtirildi.

 

 

Musobaqa ish vaqtidan tashqarida o‘tkazilishiga qaramasdan, xodimlar ko‘tarinki kayfiyatda va jismonan faol ishtirok etishdi. O‘yinlar qizg‘in va sog‘lom raqobat ruhida bo‘lib o‘tdi, zero, jismoniy faollik, sport bilan doimiy shug‘ullanib borish avvalo, inson salomatligi, qolaversa yaxshi kayfiyat va ish unumdlorligiga samarali ta’sir qilishi hech kimga sir emas.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-darajali radiooperatori  Matyakubov A.

 

Faylni tanlang