Hozirgi kunda Toshkent viloyati hududida katta va kichik quvvatli uzatgichlarni o‘z ichiga olgan o‘ttizga yaqin radiotelevidenie stansiyalari mavjud. Ushbu uzatgichlar orqali aholiga raqamli televidenie standartlarida davlat va nodavlat ko‘rsatuvlari hamda radioeshittirish dasturlari tarqatiladi.
Ushbu uzatgichlarni texnik parametrlarini ruxsat etilgan va belgilangan me’yorlarda ishlayotganligini nazorat qilish uchun mutaxassislar tomonidan monitoring ishlari olib borildi.
Mazkur radiomonitoring tadbirlari joylarda elektromagnit holatini barqarorligini ta’minlash, kutilishi mumkin bo‘lgan radioxalaqitlarni oldini olish va REVni texnik parametrlarini me’yorda ekanligini qayd etish maqsadida olib borildi.