"EMMM" DUK yangiliklari

GSM retranslyator qurilmalaridan foydalanishni tartibga solish tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi №707-son Qarori talablari texnik shartlariga mos kelmaydigan qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish (yaratish), modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish qat’iyan man qilinishi belgilab o‘tilgan. Sababi, Qaror talablariga mos kelmaydigan boshqa barcha bunday retranslyator qurilmalaridan foydalanish mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari ish faoliyatiga nojo‘ya ta’sir qilib, aloqa va internet qamrovining pasayishiga, hamda radioxalaqitlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Mobil aloqa operatorlaridan kelib tushgan murojaatlar asosida xizmatimiz muhandislari tomonidan hududlarda doimiy ravishda radiomonitoring ishlari olib borilib sifatsiz retranslyator qurilmalari aniqlanmoqda. Qayd qilingan holatlar yuzasidan Ichki ishlar organlari jamoat havfsizligi xizmati mas’ul xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirlar tashkillashtirilib, bunday qurilmalardan foydalangan shaxslar bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Sifatsiz va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan retranslyator qurilmalari faoliyatiga chek qo‘yilmoqda.

Qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqilgan (yaratilgan), modernizatsiya qilingan, ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) va foydalaniladigan retranslyator qurilmalar respublikada belgilangan tartibda elektromagnit moslashuv normalariga va texnik talablarga muvofiqlik bo‘yicha sekrtifikatga ega bo‘lishi kerak.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi N.Narimov

 

Faylni tanlang