"EMMM" DUK yangiliklari

Avtomobil va temir yo‘llarida texnik o‘lchov ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 04.11.2022-yildagi 180-F-sonli farmoyishiga asosan, Namangan viloyati EMMX muhandislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bilan birgalikda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida uyali aloqa kompaniyalari signallarining qamrov darajasi o‘rganib chiqildi.

Jumladan, farmoyishga asosan, dovon avtomobil yo‘lining 191-203-km va 246-263-km oraliqlarida radiomonitoring tadbirlari olib borildi.

Bundan tashqari, Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bilan birgalikda, dovon temir yo‘lining Namangan viloyati qismida aloqa signallari qamrovini o‘rganish maqsadida hamkorlikda texnik o‘lchov ishlari ham tashkil etildi. Texnik o‘lchovlar Namangan viloyatining Andijon viloyati bilan chegaradosh qismi hisoblangan “Haqqulobod” bekatidan boshlanib, Toshkent viloyatining Angren tumaniga chegaradosh “Orzu” bekatlariga qadar olib borildi.

Olib borilgan barcha texnik o‘lchov natijalari tahlil qilish va tegishli chora-tadbirlar tashkil etish uchun “EMMM” DUK va Namangan viloyati hududiy boshqarmasiga taqdim etildi.

Shu o‘rinda, temir yo‘lda olib borilgan texnik o‘lchovlarni yuqori saviyada tashkil etilishida alohida yordam bergan Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Umarov Davron Erkinovichga hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi boshlig‘i Xasanov A’loxon Tuxtasinovichlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 2-toifali muhandisi E.G‘. Mamatqulov

Faylni tanlang