"EMMM" DUK yangiliklari

Madaniy meros ob’ektlari va avtomobil magistral yo‘llarda radiomonitoring ishlari olib borildi

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Surxondaryo viloyati o‘zining boy madaniy va tarixiy merosi, betakror meʼmorchiligi, sanʼati, turfa xil iqlimi va go‘zal tabiati bilan ajralib turadi.

Surxondaryo vohasi Buyuk ipak yo‘lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, yo‘lida joylashgan diyordir.

Ayni paytda esa, Surxondaryo viloyatida turizim salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashrif buyuruvchilar uchun Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari viloyatdagi diqqatga sazovor joylarda hamda avtomobil magistral yo‘llarida mobil aloqa va mobil internet qamrovini o‘rganish bo‘yicha radiomonitoring ishlarini olib bordi. O‘lchov natijalariga ko‘ra ziyoratgohlar, muzeylar, tarixiy obidalar hamda madaniyat markazlarida mobil aloqa va mobil internet qamrovini yaxshilash bo‘yicha mobil aloqa operatorlariga o‘z takliflarini berdi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandisi Nabiyev S.

Faylni tanlang