"EMMM" DUK yangiliklari

OROL DENGIZIGA SAYOHAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021‑yil 9‑fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF‑6165-son farmoni va “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2021‑yil 22‑fevraldagi 42‑son buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda “Men yurtimni sevaman” shiori ostida xodimlarning respublika hududlariga sayohatlarini tashkil qilishda 2022-yilga mo‘ljallangan ishlar rejasiga muvofiq xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilish maqsadida EMMM DUK Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ko‘magida 28‑29‑may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari Ustyurt platosi va Orol dengizining o‘ziga xos manzaralarini ko‘rish uchun sayohat tashkil etildi.

 

 

Sayohatdan ko‘zlangan maqsad Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hududidagi Ustyurt platosi, Ustyurt chinklari, Orolning qurigan tagida paydo bo‘lgan to‘qayzorliklar, dengizda qolib ketgan “Kemalar qabristoni”, Uchsoy baliqchilar qishlog‘i, Kemalar muzeyi, Amudaryo sohillari, shuningdek shu kabi qator joylarga sayohat etishdan iborat.

 

 

Qachonlardir yopiq dengizlar orasida kattaligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan, bugungi kunga kelib esa deyarli qurib bitgan Orol dengiziga sayohat har bir insonni chuqur o‘yga solib qo‘yishi bilan bir qatorda o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Qumliklar maydonining kattaligini ko‘rib bir paytlar ushbu joylarda katta dengiz bo‘lganligiga ishonging kelmaydi.

 

 

 

Sayohatimiz Mo‘ynoq shahridagi “Kemalar qabristoni” va Kemalar muzeyini tomosha qilishdan boshlandi. Sayohat davomida Ustyurt platosi va chinklari, Orolning qurigan tubida paydo bo‘lgan to‘qayzorlarni tomosha qildik.

 

 

 

 

Tahminan 5 soatlarda Mo‘ynoqdan Orol dengiziga yetib bordik.

 

 

 

Dengiz uzoqdan ko‘m-ko‘k bo‘lib ko‘rinardi. Orol dengizini birinchi marta ko‘rgan insonlarni o‘ziga hos boshqacha his-tuyg‘u qamrab oladi.

 

 

Dengizni tomosha qilib, cho‘milib bo‘lganimizdan keyin sayohatchilar uchun maxsus jihozlangan “Qora uylar”ga joylashdik. Sayohatimizning birinchi kuni shu bilan yakunlandi.

 

 

Eratalab, tongda Orol dengizi ichidan ko‘tarilayotgan quyoshni tomosha qilish har bir odamga o‘zgacha zavq beradi. Ushbu tabiat hodisasi Orol dengizi bilan birgalikda juda go‘zal manzarani yaratadi.

 

 

 

Shu yerning o‘zida, go‘zal tabiat og‘ushida ertalabki nonushta qilib, yana bir bor dengizga yo‘l oldik.

Qirg‘oqda turib, qachonlardir dengiz yana o‘z holiga qaytishiga umid qilgan holda, chuqur his-tuyg‘uga to‘la hayol ila dengiz bilan “Yana ko‘rishguncha” deb hayrlashdik.

 

 

Shuning bilan Orol dengiziga tashkillashtirilgan sayohatimiz o‘z nihoyasiga yetib ortga yo‘l oldik.

 

 

Xizmatimiz xodimlari ushbu sayohatdan juda katta, takrorlanmas o‘zgacha taassurotlar bilan qaytishdi.

 

QR EMMX 1-darajali radiooperatori

A.Shimbergenov

Faylni tanlang