"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro va Xiva shaharlariga sayohat

Joriy yilning 22-23-sentabr kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK kasaba uyushmasi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish hamda xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilish maqsadida, Qashqadaryo viloyati EMMX xodimlari qadimiy Buxoro va Xiva shaharlarida joylashgan tarixiy obida va qadamjolarda ikki kunlik sayohat amalga oshirdilar.

Sayohat davomida Qashqadaryo viloyati EMMX xodimlari go‘zal va betakror Buxoro va Xiva shaharlarining qadimiy obidalari, meʼmoriy yodgorliklari hamda ushbu zaminning o‘ziga xos milliy an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Ayniqsa qadimiy Buxoroning ramzi bo‘lmish Minorai Kalon, Xivadagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik - Ichan qal’a sayohatchilarning barchasiga o‘zgacha taasurot uyg‘otdi.

Ushbu sayohat davomida boy tariximiz haqida ko‘plab foydali ma’lumotlarga va qiziqarli faktlarga ega bo‘lindi.

Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.A. Qudratov

Faylni tanlang