"EMMM" DUK yangiliklari

Shaxrisabzga sayohat.

O‘zbekiston tarixiy obidalar yurti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Tarixiy obidalarni ziyorat qilish xar birimizning qalbimizda ham g‘urur, ham iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

Ushbu tarixiy obidalar bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyati EMMX xodimlari joriy yilning 24,25-sentyabr kunlari “ELITE TOURS MAGAZINE” MChJ bilan hamkorlikda Shaxrisabz shahriga sayyohlik safari tashkil etildi.

Ikki kunlik sayohat davomida Navoiy viloyati EMMX xodimlari qadimgi Shaxrisabzda joylashgan tarixiy obidalar Oqsaroy majmuasi, Ko‘k gumbaz masjidi, Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi, Dorus-Saodat, Shamsad-Din Kulyal, Gumbazi-Seyidon maqbaralari hamda Miraki sanatoriyasi yaqinida joylashgan Xisorakl suv ombori va Miraki qoradaryo darasi bilan tanishib maroqli dam oldilar.


 

Tayyorlaydi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi M.Jumayev

Faylni tanlang