EMMM yangiliklari

Qadimiy Buxoro shahridagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat

Joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Xorazm viloyat EMMX  xodimlari uchun Buyuk ipak yo‘lida joylashgan muqaddas shahar Buxoroning tarixiy obida va qadamjolariga ikki kunlik sayohat tashkillashtirildi.

Sayohatning  birinchi kunida Buxoro viloyatidagi yetti pir ziyoratgohlari Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy,Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Samosiy, Xoja Sayid Amir Kulol va Hoja Bahouddin Naqshband ziyoratgohi ziyoratchilarning qalbida o‘zgacha iz qoldirdi.

Shuningdek, sayohatning ikkinchi kunida eski shaharning ko‘chalari bo‘ylab yurib betakror masjidlar, minoralar va qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib ma’naviy hamda madaniy hordiq olishdi. 

Sharq Durdonasi hisoblanmish Buxoro shahri ilm-fanning turli sohalarida va qadimiy me’morchilik namunalari ajdodlarimiz me’moriy mahoratining yuqori darajasidan dalolat beradi. Qadimiy va boqiy Buxoro o‘zining go‘zalligi va hashamatini hech qachon yo‘qotmagan. Ularning barchasi shaharning diqqatga sazovor joylarida aks etadi.

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang