EMMM yangiliklari

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Ona tili — millatning ruhi, ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimiz timsolidir. Uni asrab-avaylash, ravon va savodli so‘zlash hamda kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

photo2026-10-2315-54-02.jpg

Joriy yilning 20-oktabr kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

photo2026-10-2315-54-07.jpg

Tadbirda davlat tiliga hurmat, ish yuritishda o‘zbek tilidan to‘g‘ri foydalanish hamda internet va ijtimoiy tarmoqlarda savodxonlikka rioya etishning ahamiyati ta’kidlandi.

photo2026-10-2315-54-12.jpg

Ona tilimiz — faxrimiz va g‘ururimiz. Uni e’zozlash, rivojlantirish va nufuzini yuksaltirish har birimizning kundalik vazifamizdir.

Faylni tanlang