"EMMM" DUK yangiliklari

Qadriyatlarimiz-milliy boyligimiz

Joriy yilning 3-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “Qadriyatlarimiz-milliy boyligimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

gfnbdfgdfg800x708.jpg

Ushbu tadbirga Xalqaro toifali spiker, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi”, Respublika Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi professor Jamila Shermuhamedova tashrif buyurdilar.

gdfgdfgdfg45r3800x534.jpg

Tadbirda, milliy qadriyatlarimizning hozirgi hayotimizdagi o‘rni va ta’siri, sog‘lom turmush tarzi va oila, yuksak ma’naviy madaniyatning oila turmush tarzida shakllanishi, oilada konflikt jarayonlarini oldini olish yoʻllari, yangi zamon ayolining imiji, gender tengligi, hamda siyosiy ong va siyosiy madaniyat haqida so‘z bordi. 

q435t345800x534.jpg

Oila – jamiyatning bo‘g‘ini, ustuni. Bu shunchaki balandparvoz gap emas. Aksincha, oilaga ta’rif berilganda, yuqoridagi so‘zlar ham kamlik qilgudek ba’zan. Azal-azaldan sharqda, xususan, islom dini keng yoyilgan mamlakatlarda oila jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi sanalib kelingan. Qadriyatlar, o‘ziga xos urf-odatlar esa oilalar mustahkamligining asosiy poydevori hisoblangan - deydi  Jamila Shermuhammedova. 

t34t43tegfdfg800x534.jpg

Shuningdek, erkaklarning oiladagi o‘rni, qanday ota bo‘lishlik, jamiyatga kerakli inson bo‘lish, odilona, haqparvar, Manguberdilarning qoni oqayotgan o‘g‘lonlardek bo‘lish kerakligi haqida juda serma’no fikrlar yuritildi. Kelajagimiz mevasi farzandlar tarbiyasida ota-onaning qanday pozitsiyada yashash kerakligi haqida ham alohida so‘z yuritildi.

ertg45terg800x534.jpg

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar uchun treninglar ham o‘tkazildi. Treningdan xodimlar juda pozitiv kayfiyat olishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Faylni tanlang