"EMMM" DUK yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida mobil aloqa va internet xizmatlari bo‘yicha murojaatlar o‘rganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basidan kelib tushgan xatlariga asosan Qashqadaryo viloyati hududida mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan radiomonitoring ishlari oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa operatorlariga tegishli tayanch stansiyalarining mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovi o‘lchandi. O‘lchangan ma’lumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basiga o‘lchov bayonnomalari taqdim etildi.

Qashqadaryo viloyati EMMX 

tarmoq  muhandisi                                                             A. Qudratov

Faylni tanlang