"EMMM" DUK yangiliklari

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida ruxsatnomasiz REV lardan foydalanishning oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati EMMX hamda Qarshi tuman IIB hamkorlikda “REV va YuChQlarni Qashqadaryo  viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi” ga asosan tadbir tashkil etildi. Tadbir joriy yilning 12-sentabr kuni Qarshi tumani Alisher Navoiy MFY hududida aniqlangan noqonuniy radioelektron vositalardan foydalanishning oldini olish maqsadida o‘tkazildi.