"EMMM" DUK yangiliklari

Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida olib borilgan radiomonitoring ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-376 son qarori tasdiqlangan. Ushbu qarorga asosan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanining “Miraki”, “Amir Temur”, “Uloch” va “Polmon” MFY hududlarida, Qamashi tumanining “Katta o‘ra” MFY hududida va shuningdek ushbu tumandagi “Maydanak baland tog‘” turistik markazlarini tashkil etish belgilangan. Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy shu’basi xodimlari bilan hamkorlikda yuqoridagi hududlardan o‘tuvchi ichki yo‘llarda va turistik zonalar uchun mo‘ljallangan hududlarda  mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovini o‘rganish maqsadida radiomonitoring ishlari olib borildi.

bfdhfghdfh.jpg

  Muhandislar tomonidan maxsus o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovi holati o‘rganildi. Radiomonitoring natijalari tahlil qilinib, mutassaddi tashkilotlarga taqdim qilindi. Kelgusida ushbu tahlil natijalari olis aholi maskanlarida mobil aloqa va internet qamrovi хolatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Qashqadaryo viloyati EMMX muhandisi A.Sultonov

Faylni tanlang