"EMMM" DUK yangiliklari

Qo‘qon shahrida mobil aloqa qamrovining holati o‘rganildi

2023-yilning 21-23-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda Qoʻqon shahrida xalqaro festivalga qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuni inobatga olgan holda Qo‘qon shahrida mobil aloqa  qamrovi va internet sifatini o‘rganish maqsadida  Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati  xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Farg‘ona  viloyati hududiy sho‘basi,  “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi bilan hamkorlikda 2023-yil 31-avgust kuni Qo‘qon shahrida radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi. 

Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus radiomonitoring o‘lchov qurilmalari yordamida Qo‘qon shahri hududida GSM, UMTS, LTE, CDMA standartlarida mobil aloqa qamrovining holati va internet sifati o‘rganib chiqildi.O‘rganishlar natijasida mobil aloqa qamrovi va internet sifati qoniqarli bo‘lmagan hududlar to‘g‘risida  ma’lumotlar Vazirlikning Farg‘ona viloyati  hududiy sho‘basi orqali mobil aloqa operatorlariga taqdim etilib, qisqa muddatlarda ushbu kamchiliklar bartaraf etildi.

Bu borada amalga oshirilgan har qanday ishlar Xalqaro Hunarmandchilik festivaliga tashrif buyurgan  hunarmandlar, chet ellik  sayyohlar va shahrimiz mehmonlarini  aloqa  va internet sifatidan  mamnun bo‘lishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

          Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX muhandisi  D.Koxxorov

Faylni tanlang