"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 1-toifali muhandislari M.O.Dlekeev va N.P.Narimovlar tomonidan bojxona chegaralari orqali chet davlatlardan radioelektron vositalarni noqonuniy ravishda olib kirilishini oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda uchraydigan muammoli vaziyatlar bo‘yicha seminar tashkil qilindi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023‑yil 23‑avgustdagi “Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlarning mazmun-mohiyati tushintirildi. Shuningdek, REV va YuChQdan foydalanish sohasida nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Seminar davomida qonunchilikga muvofiq radioelektron qurilmalarning olib kirilishiga ruxsat etilgan diapazonlari haqida ko‘rgazmali tarzda kengroq tushinchalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-toifali muhandisi M.Dlekeev

Faylni tanlang