"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog’iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida qatnashdi

Prezidentimiz raisligida 2021 yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shaharlar, tuman markazlari, aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri “Jiydali baysun” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” yoshlar aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari faol qatnashdi.
Aksiya doirasida 6 gektar er maydonida “Yoshlar bog‘i” tashkil etildi. Aksiyaga jami 5 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Turli xil manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
 Mazkur loyiha doirasida aholi, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga diqqat e’tiborini kuchaytirish, ona tabiatimizni kelajak avlod uchun asrab-avaylash, ekologik vaziyatni yaxshilash asosiy maqsad qilib olingan.
Tadbir yakunida faol yoshlar eng ko‘p ko‘chat, eng ko‘p gul, eng ko‘p ish soati va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

QR EMMX radiooperatori  A.Shimbergenov

Faylni tanlang