"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining farzandlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” chora-tadbirlari rejasiga muvofiq, xodimlarning farzandlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yoshlar orasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

photo2025-12-2217-37-54.jpg

Tadbir davomida bolalarning sportga bo‘lgan mehrini kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, musobaqa yosh avlodni intizomli, irodali va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

photo2025-12-2217-37-59.jpg

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ishtirokchilari va ularning ota-onalari bunday sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazib borish yoshlar tarbiyasi va jismoniy rivoji uchun juda muhim ekanini alohida qayd etdilar.

photo2025-12-2217-38-03.jpg

Mazkur sport musobaqasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati jamoasining ijtimoiy faolligi, xodimlar va ularning oilalari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi  A.R.Matyakubov

Faylni tanlang