"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani IIBda o‘quv seminar tashkil etildi

Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar tomonidan 2023-yil mobaynida hamkorlikda ishlar rejasiga muvofiq joriy yilning 21-sentabr kuni Qorao‘zak tumani IIB shaxsiy tarkibiga o‘quv seminar tashkil etildi.

c111111000x750.jpg

O‘quv seminarga Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor R.Raxmatillayev raislik qildi.

c2222221000x750.jpg

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-son qarori (mazkur qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar -  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23‑avgustdagi 417-son qarori) bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi.

c3333333979x734.jpg

Ushbu Nizom bo‘yicha REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda tumandagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari to‘g‘risida aytib o‘tildi.

c44444441000x750.jpg

Undan tashqari noqonuniy ishlayotgan REVlar aniqlangan vaziyatlarda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.О.Dlekeev

Faylni tanlang